Zamonaviy o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidov ijodida g‘azal, qasida, muxammas kabi janrlar shakllanib boradi. U mumtoz adabiyotning bu sohadagi tajribalarini boyitish, mukammallashtirishga intiladi. Erkin Vohidov badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir.U O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir. Zamonaviy o‘zbek milliy adabiyotining yorqin yulduzlaridan biri Erkin Vohidovdir. U 1936 yilning 28 dekabr sanasida. Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tug‘ilgan. Otasi CHo‘yanboy Vohidov urush so‘ngida frontdan Toshkentga qaytib kelib, shu yerda vafot etgan. So‘ng onasi Roziyaxon Vohidova (Sohiboyeva) ham vafot etadi. Bo‘lg‘usi shoir esa tog‘asi Karimboy Sohiboyev tarbiyasida bo‘ladi. Erkin Vohidov o‘rta ma'lumotni Toshkentda oladi. 1960 yilda Toshkent Davlat universitetining filologiya fakultetini tugatib, avval sobiq «Yosh gvardiya», so‘ng G‘afur G‘ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida muharrir, bosh muharrir va rahbar ham bo‘lib ishlaydi. «Yoshlik» jurnaliga muharrirlik qiladi. U mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining xalqaro aloqalar va munosabatlar qo‘mitasi rahbari sifatida Respublika ijtimoiy hayotida faol ishtirok etadi.
Shoirning «Buyuk hayot tongi» (1960), «Orzu chashmasi» (1964), «Nido» (1964), «Palatkada yozilgan doston» (1966), «Quyosh maskani» (1972), «Ruhlar isyoni» (1980), «Ko‘hinur» (1982) kabi liro-epik asarlari, qolaversa, «Oltin devor» va «Istambul fojiasi» kabi she'riy dramalari katta ijodiy mehnatining samaralaridir. Ana shunday samarali ijodi Erkin Vohidovga el-yurt e'zozini olib keldi. U tavalludining 60 yilligi munosabati bilan «Buyuk xizmatlari uchun» (1996) ordeni bilan taqdirlandi. Shoirning to‘rt jildlik «Saylanma asarlar»i nashrdan chiqdi. Xullas, Erkin Vohidov badiiy mahorati o‘sib, kamol topgan, chuqur falsafiy umumlashmalar darajasiga ko‘tarilgan ijodkordir. U O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramonidir.